AsosiySUG'DIYONA

60 soniyada uxlab qolishni istaysizmi?

Agar 60 soniyada uyquga ketishni istasangiz, quyidagi maslahatga amal qiling, bunda sizga uyqu dori ham, bir stakan sut ham kerak bo`lmaydi, deydi “Sandy-time.ru” nashri.

To`shakda u yoqdan bu yoqqa to`lg`anish, tez-tez soatga ko`z tashlash, sizdan boshqa hammaning shirin tushlar ko`rayotgani haqidagi o`ylar sizga ham begona bo`lmasa kerak. Garvard universiteti bitiruvchisi, integral medisina mutaxassisi Endryu Vaylya “Barcha uyqu keltiruvchi dorilarni bir chetga uloqtiring va bu haqda qayg`urishni bas qiling”, deydi. U o`ylab topgan usulning nomi 4-7-8 Breathing Technique bo`lib, u qondagi kislorod va dioksid uglerodni me`yorda ushlab turib, “tabiiy trankvilizator” o`rnini bosadi.

Shunday qilib, burningiz orqali nafas oling, nafas olish jarayonida to`rtgacha sanang va to`xtang, keyin sanashda davom etib, sanoq ettiga etguncha, nafas olmay turing, sakkiz deb og`zingiz orqali nafas chiqaring. Nafas olmay turgan etti soniya davomida o`pkangiz kislorodga to`ladi va tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi, natijada siz o`zingizni xotirjam his qilasiz. Bu mashqni bir necha martoba takrorlashingiz mumkin.  

Balki bu usul kimgadir samarali ta`sir ko`rsatmas, ammo uni takrorlash sizdan hech qanday kuch-quvvat sarflashni talab etmaydi, uyqu dori ichgandan ko`ra, tabiiy yo`l bilan uxlash sog`ligingiz uchun foydalidir.

    Boshqa yangiliklar