"Yuventus" futbolchisi Paulo Dibala faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Bu haqda La Gazette dello Sport xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bitimga ko`ra, Paulo yiliga 6 mln evro maosh oladi. Bundan tashqari, futbolchiga turli bonuslar ham va`da qilinmoqda.
Shuningdek, "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublari ham argentinalik futbolchi xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.






