Ayni kunlarda Braziliyada kar-soqov sportchilar o`rtasida Surdo Olimpiadasi o`tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan o`zbek taekvondochilari dastlabki kun dasturida 2 ta bronza medaliga sazovor bo`lishdi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, dayanga chiqqan 4 nafar O`zbekiston vakilalari orasidan Dilbar Tojiboeva (-49 kg) hamda Go`zal Eshmirzaeva (-57 kg) musobaqada yarim finalgacha etib borgan va shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarilgan.
Ma`lum qilinishicha, bugun yana 4 nafar O`zbekiston taekvondochisi bahs olib boradi.






