AsosiySport

Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi taqdiri ma`lum bo`ldi

'Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi taqdiri ma`lum bo`ldi'ning rasmi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida jamoasini tark etmoqchi emas. Bu haqda The Sun xabar tarqatmoqda. 

Qayd etilishicha, portugaliyalik 37 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Erik Ten Hag bilan birga ishlamoqchi. Biroq buning uchun yangi murabbiy ham Ronalduni jamoada qolishini istashi kerak bo`ladi. 

Ma`lumot uchun, Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi. 

    Boshqa yangiliklar