Turkiyaning Bursa shahrida engil atletika bo`yicha “Olimpik Deneme Yarışmaları” va “Nurullah İvak Atmalar Kupası’nda” xalqaro musobaqalari o`tkazildi. Ahamiyatlisi, turli yosh toifalarida o`tgan bahslarda terma jamoamiz vakillari 17 ta oltin, 12 ta kumush va 7 ta bronza, jami 36 ta medalga sazovor bo`lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar qildi.
Ta`kidlanishicha, turnirlar atletlarimiz uchun yozgi mavsum oldidan sport formalariga kirib olish yo`lida muhim ahamiyat kasb etdi. To`liq natijalar:
Oltin medal:
Yoshlar:
Balandlikka sakrash: Valeriya Gorbatova – 1,74 metr;
100 metr: Odiljon Abdullajonov – 10,84;
Balandlikka sakrash: Amir Nagaev – 1,95;
Uzunlikka sakrash: Azizjon Sobirov – 7,20 (+3,0 m/s);
Uch hatlab sakrash: Ibrohim Mahkamov – 14,65 (+1,1 m/s);
Kattalar:
100 metr: Sharifa Davronova - 12,13;
Uch hatlab sakrash: Sharifa Davronova – 13,55 (+3,0 m/s);
Erkaklar:
110 metr, to`siqlar osha: Ergash Normuradov – 14,11;
Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov – 7,61 (+0,9 m/s);
Uch hatlab sakrash: Islam Sibagatullin – 15,19 (-1,2 m/s);
Etti kurash U18: Anna Chikalova – 4296 ochko;
Etti kurash U20: Mohigul Arzieva – 4921;
O`n kurash U18: Nodir Norboboev – 6724;
O`n kurash U20: Samandan Mahmudov – 6833;
Yadro uloqtirish U20 (4 kg): Malika Nasriddinova - 15.55;
Erkaklar: Disk uloqtirish U20 (1,750 kg): Dunyozod Sayfullaev – 55,67;
Bosqon uloqtirish U20 (6 kg): Ayubxon Fayozov – 73,07.
Kumush medal:
Yoshlar:
200 metr: Raisa Drobjeva – 25,32 soniya;
Langarcho`pga tayanib sakrash: Jasmina Mansurova – 3,60 (Milliy rekord);
Uzunlikka sakrash: Ibrohim Mahkamov – 6,49 (+0,3 m/s);
100 metr, to`siqlar osha: Valenitna Kibalnikova – 13,80;
Uzunlikka sakrash: Sayina Xoshimova – 5,79 (+3,2 m/s);
Uch hatlab sakrash: Xushnoza Shavkatova – 12,60 (+3,0 m/s);
Erkaklar:
100 metr: Shohruh O`tkirov – 10,96;
Uzunlikka sakrash: Javohir Noriev – 7,26 (+1,4 m-s);
Etti kurash U20: O`g`iloy Norboeva – 4755;
Yoshlar:
Yadro uloqtirish U18 (3 kg): Yuliana Shukina - 12,87;
Disk uloqtirish U18 (1 kg): Yuliana Shukina - 39.77;
Bosqon uloqtirish U20 (4 kg): Elina Silyamieva - 55.42.
Bronza medal:
800 metr: Anastasiya Sologup – 2:25,06;
1500 metr: Dilshoda Usmonova – 4:53,83;
Xurshidabonu Xollieva – 12,41;
100 metr, to`siqlar osha: Lidiya Podsepkina – 13,98;
Uzunlikka sakrash: Xushnoza Shavkatova – 5,62 (+2,7 m/s);
Etti kurash U20: Kseniya Borusheva – 4605
Disk uloqtirish, kattalar: Ivan Markelov – 56,68.