AsosiySport

Superliga. "Nasaf" Jizzaxda g`alaba qozondi, "Paxtakor" o`z maydonida ochko yo`qotdi

'Superliga. "Nasaf" Jizzaxda g`alaba qozondi, "Paxtakor" o`z maydonida ochko yo`qotdi'ning rasmi

O`zbekiston Superligasi 8-tur uchrashuv uchrashuvlari yakunlandi. 

Turning so`nggi ikki bahsi Toshkent hamda Jizzaxda o`tkazildi. Unda "Paxtakor" o`z maydonida "Surxon" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang o`ynadi.

"So`g`diyona" esa o`z maydonida o`ynaganiga qaramay, "Nasaf"ga imkoniyatni boy berib qo`ydi, - 1:2.

Superliga. 8-tur. 12 may
"So`g`diyona" - "Nasaf" - 1:2
Gollar: Shohruz Norxonov 58 penalti - Oybek Bozorov 29, 74.

"Paxtakor" - "Surxon" - 2:2
Gollar: Oliver Sharkich 54, 66 – Luis Kezada 81, Murodbek Bobojonov 90+3.

    Boshqa yangiliklar