AsosiySport

Osiyo kubogi 2023 bahslari Xitoyda o`tkazilmasligi ma`lum bo`ldi

'Osiyo kubogi 2023 bahslari Xitoyda o`tkazilmasligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

​​OFKning xabar berishicha, Xitoy futbol assosiasiyasi bilan olib borilgan keng qamrovli muhokamalardan so`ng mamlakat 2023-yilgi Osiyo Kubogini mezbonlik qila olmasligi haqida rasman ma`lum qilindi.

Xitoy 2019-yil 5 iyun kuni Parijda bo`lib o`tgan OFKning navbatdan tashqari Kongressida Osiyo Kubogi 2023 mezboni etib tayinlangandi. 24 jamoa ishtirokidagi musobaqa 2023-yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar Xitoyning 10 ta shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi.

 

OFK mazkur vaziyatlarga mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab bo`layotganligini qayd etmoqda. Tayyorgarlik jarayonida Xitoy futbol assosiasiyasi va mahalliy tashkiliy qo`mita bilan yaqindan hamkorlik ishlari olib borildi. Hatto bir qator muhim bosqichlarga erishildi, jumladan, turnir logotipi ishga tushirildi va o`tgan yili Shanxay Pudong futbol stadionining ochilishiga erishildi.

OFK Xitoy futbol assosiasiyasi va mahalliy tashkiliy qo`mita jamoaviy manfaatlarni ko`zlab, juda qiyin, ammo zarur qarorni qabul qilganini qadrlashini ma`lum qilmoqda. Shuningdek, 2023-yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi bilan bog`liq keyingi qadamlar haqida qo`shimcha ma`lumotlar yaqin vaqt ichida e`lon qilinishi ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar