Kecha, 15 may kuni O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi.
Bu haqda Ozarbayjon Milliy Majlisining matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bergan.
O`zbekiston parlament delegasiyasini Haydar Aliev nomidagi xalqaro aeroportda Milliy Majlis raisining birinchi o`rinbosari Ali Husaynli, O`zbekiston bilan parlamentlararo aloqalar bo`yicha ishchi guruhi rahbari Eldar Ibragimov, ikki davlat elchilari Husayn Guliev va Baxrom Ashrafxonovlar kutib oldilar.
Tashrif doirasida O`zbekiston delegasiyasi mamlakatda qator rasmiy uchrashuvlar o`tkazadi hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining uchinchi Bosh konferensiyasida ishtirok etadi.
Tashrif 19 may kuni yakunlanadi.