"O`zbekistondagi tinchlik va hamjihatlik muhiti g`oyat qadrli" — "Xalqaro erkin diniy e`tiqod" tashkiloti asoschisi

Siyosat 17.05.2022, 13:11
"O`zbekistondagi tinchlik va hamjihatlik muhiti g`oyat qadrli" — "Xalqaro erkin diniy e`tiqod" tashkiloti asoschisi

Toshkentda “Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumining ikkinchi kuni ham faol muloqotlar ruhida o`tmoqda. Forum ishtirokchilari mazkur anjumanning ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Grek Mitchell:"Xalqaro erkin diniy e`tiqod" tashkiloti asoschisi (AQSh):

— O`zbekistondagi bugungi tinchlik va hamjihatlik muhiti g`oyat qadrli va biz bu jarayonda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan qizg`in islohotlarni olqishlaymiz. O`zbekiston ko`pmillatli mamlakat sifatida o`z hududida diniy bag`rikenglik va millatlaro totuvlikni ta`minlay olayotgan davlat sifatida ham tanilgan. Bu haqda gap ketganda, yurtingizda vijdon erkinligi ta`minlanganini, turli din vakillariga o`z e`tiqodini emir-erkin amalga oshirishi uchun sharoit yaratilganini ta`kidlash o`rinli bo`ladi. Diniy ta`lim olish, eng muhimi, din, avvalo, tinchlik va ezgu maqsadlar targ`ibotchisi bo`lishi kerakligi yo`lidagi O`zbekiston sa`y-harakatlari ham tahsinga loyiq. 

Bugun dunyo tahlikali bo`lib qoldi. Turli diniy nizolar, qurolli to`qnashuvlar, millatlararo qarama-qarshiliklarga guvoh bo`lib turibmiz. Ana shunday sharoitda biz, barchamiz birlashishimiz, dunyoni, o`z erkin hayotimizni turli xavf-xatarlardan hamjihatlik yo`lidagi harakatlarimiz bilan qutqarishimiz har qachongidan-da dolzarb.

Toshkentda o`tayotgan "Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumining asl maqsadi ham shu. Bugun, ikkinchi kundirki dunyoning ko`plab mamlakatlaridan kelgan vakillar bilan ana shu maqsadda yakdil harakatdamiz. Turli fikrlar, mulohazalar bildirilyapti. Ishonamizki, Toshkent forumi, yurtingizda o`tgan bundan oldingi xalqaro tadbirlar samarali bo`lgani kabi, kutilgan natijadorlik kasb etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1