Deputat Kusherbaev Twitter'ning bloklanishi masalasida deputatlik so`rovi kiritdi

Jamiyat 19.05.2022, 21:02
Deputat Kusherbaev Twitter'ning bloklanishi masalasida deputatlik so`rovi kiritdi

Bu haqda deputatning o`zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda. 

"O`zkomnazorat boshlig`iga "Twitter"ning bloklanishi masalasida asoslantirilgan tushuntirish berish va cheklovni olib tashlash choralarini ko`rish masalasidagi talab bilan deputatlik so`rovi kiritdim.  

Fikrimcha, bu kabi cheklovlar ijobiy natijadan ko`ra, ko`proq salbiy oqibat keltirib chiqarmoqda. Chunki foydalanuvchilar Internetdagi "blok"larni aylanib o`tish maqsadida turli WPN dasturlaridan foydalanish ortidan boshqa xavfli va ta`qiqlangan manbalardan ham foydalanishga o`tib, kattaroq huquqbuzarliklarga yo`l qo`yishmoqda.  

So`rovga 10 kun ichida javob berilishi kerak. Ko`ramiz...", - deb yozib qoldirgan Kusherbaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1