Prezidentning tegishli farmoniga binoan, 2022 yil 1 iyundan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
2022 yil 1 iyundan boshlab:
- mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori - 920 ming so`m miqdorida (hozir 822 ming so`m);
- bazaviy hisoblash miqdori - 300 ming so`m miqdorida (hozir 270 ming so`m) belgilandi.