1

Belgiya maymunchechak kasalligiga qarshi karantin joriy etgan dunyodagi birinchi davlat bo`ldi

Dunyo 23.05.2022, 11:27
Belgiya maymunchechak kasalligiga qarshi karantin joriy etgan dunyodagi birinchi davlat bo`ldi

Virus aniqlangan belgiyalik 21 kunni izolyasiyada o`tkazishi kerak. Ushbu chora kasal bilan aloqada bo`lgan har bir kishiga ham tegishli.

Aniqlik kiritilishicha, bu qaror Belgiya xavf-xatarlarini baholash guruhi yig`ilishi yakunlari bo`yicha mamlakatda uch marta maymunchechak kasalligi aniqlanganidan keyin qabul qilingan. Hozirga qadar mamlakatda maymun chechak bilan kasallangan uchta holat qayd etilgan.

Bundan tashqari, virus Fransiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvesiya, shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada va Avstraliya kabi bir qancha Evropa mamlakatlarida aniqlangan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak tez orada boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi mumkin, deb hisoblaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1