1

O`zgidromet ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini prognoz qildi

Jamiyat 25.05.2022, 11:28
O`zgidromet ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini prognoz qildi

27 -28 may kunlari respublika hududlarida havo harorati pasayadi.

25-26 may respublikaning katta qismida atmosfera bosimining pasayishi haroratning keskin isishi bilan hamohang ro`y beradi.  

Bu esa ayni mavsum 27-28 may kunlari past bosimli hududlarga shimoli-g`arbdan sovuqroq jabhadagi antisiklonni frontal shamollar bilan kirib kelishiga olib keladi.  

Shamollar ayni davrda chang to`zonlari bilan birgalikda kuzatilishi mumkin.  

Sovuq front bir kun ichida haroratlar farqini 5-7 darajagacha pasaytiradi. Masalan, O`zgidrometning o`rta muddat (26-29 may) uchun ishlab chiqarilgan prognozlarida ham 26 may kunduz kuni Farg`ona vodiy viloyatlarida harorat +37 daraja ko`tarilishi ta`kidlangan bo`lsa, 28 mayga borib harorat maksimumi +26 darajagacha pasayishi ko`rsatilgan. 

Darvoqe, kutilayotgan sovuq havo to`lqini 22-23 may kunidagi kabi juda sovuq va ko`p yomg`irli havo to`lqinini taqdim etmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1