1

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investisiya loyihalari bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi

Jamiyat 26.05.2022, 16:13
Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investisiya loyihalari bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investisiya loyihalari bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda.

Joriy yilning o`zida 2 mingta loyihani amalga oshirish, 110 mingta yangi ish o`rni yaratish va 1 milliard dollar qo`shimcha eksportni ta`minlash uchun imkoniyatlar borligi ta`kidlandi.

O`tgan besh yilda 19 ta erkin iqtisodiy zona (ungacha atigi 3 ta bor edi) va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularda 10 trillion so`mlik 1 mingdan ortiq loyiha ishga tushirildi.

Natijada 100 mingta ish o`rni yaratilib, yiliga qo`shimcha 45 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarila boshlandi.

Shuningdek, sanoat zonalaridagi korxonalar yiliga 750 million dollarlik eksport va 1 trillion so`mdan ziyod soliq tushumlarini ta`minlamoqda.

“Asosiysi, har bir tumanga sanoat kirib bordi, olis va chekka hududlarda yangi ishlab chiqarishlar paydo bo`lmoqda”, dedi Prezident.

Xususan, besh yil avval sanoat umuman bo`lmagan 11 ta tumanda 205 ta yangi korxona ish boshlab, bugungi kunda ularda sanoat hajmi 2 barobar oshdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1