1

Haydovchi qo`pollashsa, qaerga murojaat qilinadi?

Savol-javob 04.07.2016, 16:36
Teglar: Avto, Avtobus
Haydovchi qo`pollashsa, qaerga murojaat qilinadi?

So`nggi paytlarda avtobus haydovchi va konduktorlarining yo`lovchilarni ochiqdan ochiq kamsitishi, haqoratlashi kabi holatlar ko`payib qoldi. Bunday vaziyatdan ularning ustidan kimga, qaysi idoraga shikoyat qilish kerak?

Dilnoza Shomuhamedova, Toshkent shahri

A.Sodiqov, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari:

  • Agar yo`lovchi yuqoridagiga o`xshash vaziyatga duch kelsa, quyidagi idoralarga shikoyat qilishi mumkin:
  • “Toshshahartransxizmat” AJning “ishonch telefoni” 1062 ga qo`ng`iroq qilish orqali;
  • Yo`nalishga xizmat ko`rsatayotgan avtokorxonaga bevosita murojaat qilish bilan;
  •  “Toshshahartransxizmat” AJning www.tshtx.uz saytida ma`lumot qoldirish vositasida;
  • Davlat xizmatlarining yagona interaktiv portali my.gov.uz da “Toshshahartransxizmat” AJ bo`limini tanlab, xabar qoldirish bilan.

Mazkur holatda shikoyatchi ko`ngilsiz vaziyat sodir bo`lgan sana, vaqt, yo`nalish raqami, avtobusning davlat yoki garaj raqamini ko`rsatishi zarur.

Bundan tashqari “Darakchi” gazetasining 7 iyul kuni sotuvga chiqadigan 27-sonida avtomashinani texnik ko`rikdan o`tkazish uchun zaruriy hujjatlar ro`yxati, metro mashinistlari tayyorlaydigan o`quv muassasasi hamda abiturientlarni qiziqtiradigan boshqa savollarga javob topish mumkin bo`ladi. O`tkazib yubormang!

Sharhlar

Sankt-Peterburgda yo`lovchi avtobus daryoga tushib ketdi

10.05.2024, 18:04

Sankt-Peterburg shahri markazida ichida o`nlab yo`lovchilar bo`lgan avtobus Moyka daryosiga quladi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bu haqda RIO Novosti xabar berdi.“Fontanka” nashri guvohlarga...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
Qozog`istonda 33 nafar o`zbekistonlik yo`lovchi bo`lgan avtobus to`xtab qoldi

03.02.2023, 10:42

Joriy yil 1 fevral kuni soat 07:57 da Qozog`istonning Jualin tumani Nurlikent qishlog`i yaqinida avtobus Olmaota-Toshkent avtomobil yo`lining 570-kilometrida to`xtab qolgan. Qayd etilishicha, transport dvigatelida...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1