1

“Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi yana ikkita kinofestivalda g`olib bo`ldi

Madaniyat 28.05.2022, 09:21
“Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi yana ikkita kinofestivalda g`olib bo`ldi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi ikkita xalqaro kinofestivalda g`olib bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Jumladan, Angliyaning London shahrida o`tkazilgan “Eurasian film festival”da “Eng yaxshi Evrosiyo qisqa metrajli filmi” nominasiyasida hamda Rossiyaning Kavkaz shahrida o`tkazilgan “Kinokavkaz” kinofestivalida “Hay`atning maxsus sovrini” bilan taqdirlandi.

Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroev.

Shu bilan birga, “Ipak yo`lida” filmi Qirg`izistonda o`tkaziladigan “UMUT” hamda Italiyadagi "LIFE AFTER OIL International Film Festival"da ishtirok etadi.

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1