Senat Raisi EXHTning amaldagi raisi bilan istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Siyosat 04.06.2022, 11:52
Senat Raisi EXHTning amaldagi raisi bilan istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Evropa xavsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi, Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv davomida Senat Raisi T.Narbaeva mehmonlarni tashrif bilan qutlab, mamlakatimizda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari va parlamentlararo hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Jumladan, O`zbekiston va Polsha o`rtasidagi uzoq yillik do`stona munosabatlar, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ijtimoiy-madaniy va parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko`tarilganiga alohida urg`u berildi. 

Shuningdek, O`zbekistonning EXHT bilan hamkorlik masalalariga, tashkilot loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarga to`xtalib o`tildi. 

Muloqot davomida istiqboldagi rejalar va loyihalar ham muhokama qilinib, hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1