AsosiyShou-biznes

"Qora quti"dagi Yulduz hayotda ham ishqdan kuyganmi?

“Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan, reytingi yuqori seriallardan biri “Qora quti”...

'"Qora quti"dagi Yulduz hayotda ham ishqdan kuyganmi?'ning rasmi

“Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan, reytingi yuqori seriallardan biri “Qora quti”ni kechki dasturlarda o`tkazib yubormayapsizmi? Turkiyalik ssenarist tomonidan yozilgan, katta mablag` tikilgan serialning voqealar rivoji qizg`in avj olgan. Bugun biz “Yulduz” rolini gavdalantirgan Gulruh Pirnazarova bilan suhbat qurib, ba`zi gap-so`zlarga oydinlik kiritdik.

— "Qora quti"dagi ijroyingizgacha sizni tomoshabin u qadar tanimasdi. Gulruh Pirnazarova haqida aytib bering bizga... 

          — Avvalo, e`tibor uchun rahmat. “Boshqa bir tarafdan tanimas edi” desak to`g`ri bo`lsa kerak. Chunki “Qora quti” seriali birinchi ijodiy ishim emas. Unga qadar ham bir qancha serial va loyihalarda ishtirok etganman. Shunchaki meni salbiy qahramon sifatida tomoshabin endi ko`rdi. Personajim Yulduz xarakter jihatidan chindan ham salbiy. Istardimki, qizlarimiz men ijro etgan Yulduzning ahvoliga tushib qolishmasin. Ular qadrsizlanmasliklari uchun ularga oyna tutishni, juda xohladim.

Gulruh Pirnazarovaga kelsak, sodda, o`zbek qizi. 1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilganman. San`at kolejini tugatib, to`rt yil O`zbekiston san`at va madaniyat oliygohini drama fakul`tetida o`qiganman. Hozirda esa drama teatrida aktrisa bo`lib ishlayman. 

— O`zingizni serialdagi Zara o`rnida qanday his qilgan bo`lardingiz? Agar siz o`n yillik turmushdan so`ng xiyonat ko`rsangiz... 

— Bilmadim ochig`i. Hali turmushga chiqmaganman, oila yuki boshimga tushmagan. Ammo bir narsani bilamanki, qars ikki qo`ldan chiqadi. Agar siz turmush o`rtog`ingizni sevgi, mehr, bir insonga berish mumkin bo`lgan hamma narsa bilan qamrab olsangiz, xiyonatga asos qolmaydi deb o`ylayman. Zeriksa o`zingizni olib qochib, mehr so`raganda mehr bersangiz, ish borasida u bilan do`st bo`lsangiz, erkak ham xiyonat qilishni xohlamasa kerak. Va men xiyonat haqida o`ylashni ham istamayman. Ilohim boshimga ham tushmasin. Yana nima desam ekan… Juda ham yomon rolda o`ynaganimni his etib qoldim hozir (kuladi)

— Rolingiz partnyoringizga yaqindan munosabat qilishni, quchoqlashni talab qilardi. Oila a`zolaringiz tarafidan bu borada tanqid eshitdingizmi?

— Chegaradan chiqmagan holda rol ijro etganmiz. Lekin hech qanday ortiqcha yoki haqiqiy narsa yo`q u erda. Uyimdagilar menga ishonishadi, ayniqsa, ota-onam. Men teatrda ishlayman, bu yo`nalishda oliygohda o`qiganman. Oila a`zolari bularning rol ekanini, texnikaligini his etib turishadi, tushunishadi. Ochig`i, hech bunday rol o`ynamagan edim.Hatto o`zim ham ba`zi sahnalarimdan uyalaman! Lekin rolimni maromiga etkazish va ishonarli chiqishi uchun shunday sahnalar qo`shish kerak edi. Va men aktrisa sifatida buni ijro etganman. Ammo yana aytaman bularning hech biri haqiqiy emas, bari sahna uchun.                                                                                                                                      

— Dublyajni, she`r o`qishni yaxshi ko`rasiz-a? Hatto “youtube”da kanalingiz ham bor…

—  Ha, dublyajni juda ham sevaman. Ovoz berishda hech ham charchamaganman. Qanday dublyaj bo`lishidan qat`i nazar ichimda ishtiyoqim kuchli. She`r o`qishni esa yoshligimdan yoqtiraman. Esimni tanibmanki, she`r yodlayman. 

— "Ishqdan kuygan oshiq"day ko`rinasiz. Ammo bu haqida savol berilsa, ochiqlamaysiz...

— Bu savolingizni ham ochiq qoldirsam bo`lardi (sirli kuladi) Mayli, javob beraman... Ishqdan kuygan oshiq emasman! Shunchaki dardli she`rlarni o`qishni yaxshi ko`raman!

Mohigul DIYoRXO`JAEVA suhbatlashdi

    Boshqa yangiliklar