Bugun, 5 iyun kuni Livandan uchgan Gulfstream G600 biznes-jeti bilan Futbol bo`yicha jahon chempionati kubogi Toshkent aeroportiga olib kelindi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" haqda xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, samolyotni sport vaziri Adham Ikromov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev, O`zbekiston futbol assotsasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Coca-Cola kompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Serkan Murat Dilek, Uzbekistan Airports vakillari va boshqalar tantanali ravishda kutib olishgan.
"FIFA tomonidan o`tkaziladigan jahon chempionatlari g`oliblariga topshiriladigan kubok Toshkentga ikkinchi bora olib kelindi. Kubok Coca-Cola kompaniyasi tomonidan o`tkaziladigan FIFA World Cup Trophy Tour 2022 tadbiri doirasida olib kelindi",-deyiladi xabarda.
Kubok ertaga Tashkent City Congress Hall binosida ommaviy namoyish etilishi aytiladi.






