1

"Mahalla raisi bo`lish bu – juda katta mas`uliyat"

Siyosat 07.06.2022, 18:27
"Mahalla raisi bo`lish bu – juda katta mas`uliyat"

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xizmatlar ko`rsatishni rivojlantirish 777orqali aholi bandligini ta`minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi haqida xabar bergan edik.

Xususan, davlat rahbari sal avval ish o`rni yaratish bo`yicha qoniqarsiz ishlayotgan viloyatlarni birma-bir sanab o`tdi.

Jumladan, faoliyatida sustkashlikka yo`l qo`ygani uchun Navoiy, Shahrisabz, Qo`qon shaharlari, Toshkent, Bo`stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga nisbatan oxirgi marotaba hayfsan berish, ushbu tuman va shahar hokimlarining qurilish bo`yicha o`rinbosarlarini lavozimidan ozod etishga ko`rsatma berildi.

Ayni vaqtda o`tkazilayotgan ushbu tadbirda Prezident yangi saylangan mahalla raislarini tabriklab, ular bajrishi shart bo`lgan vazifalarni ham belgilab berdi.

“Xabaringiz bor, o`tgan ikki hafta davomida respublikaning barcha mahallalarida saylov o`tkazilib, 9 ming 349 nafar mahalla raislari saylandi. Ushbu oqsoqollarni xalqimiz, birinchi galda, mahalla aholisi o`ziga munosib ko`rib, ishonch bildirgani bilan tabriklayman",-deydi Mirziyoev.

Shuningdek, O`zbekiston etakchisi mahalla raislari xalqni rozi qilishda bosh o`rinlarda turishlari kerakligini bildirdi.

"Bir narsani aniq tushunish lozim. Mahalla raisi bo`lish bu – juda katta mas`uliyat. Islohotlarni har bir xonadonga kirib borishida raislar hokim yordamchilari, yoshlar etakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari boshini qovushtirib, xonadonbay muammolarni o`rganib, hokimlar oldiga aniq masalalar qo`yib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas`ul va javobgar bo`ladi”, dedi u.

Yig`ilish yakunida hududlar rahbarlari va mutasaddilar axborotlari eshitilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1