1

Akademik eshkak eshuvchilarimiz xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo`lishdi

Sport 07.06.2022, 19:19
Akademik eshkak eshuvchilarimiz xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo`lishdi

1-6 iyun kunlari Rossiyaning Moskva shahrida akademik eshkak eshish bo`yicha "Katta regata" turniri bo`lib o`tdi. Unda mezbonlardan tashqari Belarus, Serbiya, Armaniston va O`zbekiston jamoasi a`zolari ham bahs olib borishdi.

Musobaqada katta tarkibda ishtirok etgan O`zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Quyida sovrinli o`rinlarni egallagan sportchilar ro`yxati bilan tanishing:

Oltin medal:

LM1x: Sobir Safaroliev;

LM2x: Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov;

LM4x: Sobir Safaroliev, Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov, Samir Roziqov;

W4x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Nargiza Joldasbaeva, Rayxona Safarova.

Kumush medal:

M4-: Sardor To`lqinxo`jaev, Dilshod Xudoyberdiev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiev;

M8+: Doston Bahriev, Dilshod Xudoyberdiev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiev, Shohjaxon Najmiev, Zafar Usmonov, Davr Davronov, Anatoliy Krasnov, Farruh Oblokulov (yo`lboshchi);

M4x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzaev, Mehroj Mamatqulov, Abdullo Muxammadiev;

Bronza medal:

M4-: Doston Bahriev, Shohjaxon Najmiev, Zafar Usmonov, O`ktam Davronov;

M2x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzaev;

LW2x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1