2022 yilning 1 iyunidan Turkiya barcha chegara punktlari orqali mamlakatga kirish uchun emlanganlik to`g`risidagi guvohnoma, PZR yoki ekspress-test taqdim etish talabini bekor qildi.
Xuddi shu kabi Qozog`iston ham karantin talablarini bekor qilmoqda. Xususan, 8 iyundan boshlab mamlakat chegarasini kesib o`tishda respublika fuqarolari va xorijdan kelayotganlardan COVID-19’ga qarshi emlanganlik to`g`risidagi sertifikat yoki PZR-testlarini taqdim etish so`ralmaydi.
Mazkur jarayonlar haqida "Uzbekistan Airways" xabardor qildi.






