U23: O`zbekiston jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo`ldi

Sport 07.06.2022, 22:40
U23: O`zbekiston jamoasining chorak finaldagi raqibi aniq bo`ldi

O`zbekistonda futbol bo`yicha U23 Osiyo kubogi 3-tur bahslari o`tkazilmoqda. Bugun yakunlangan "V" guruhi bellashuvlaridan so`ng o`zbek yoshlarining chorak finaldagi raqibi ma`lum bo`ldi.

Bugun o`tkazilgan bahslardan so`ng qo`shni kvartetda Iroq yoshlar terma jamoasi ikkinchi o`rin bilan  pley-off  yo`llanmasiga sazovor bo`ldi. 

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabariga ko`ra, endi O`zbekiston Iroq bilan yarim final yo`lida bahsi olib boradi. Uchrashuv 11 iyun kuni soat 21:00 da "Paxtakor" markaziy stadionida start oladi.

Eslatib o`tamiz, ayni daqiqalarda O`zbekiston Eronga qarshi uchrashuv o`tkazmoqda.

Qatarga qarshi kechgan bahsda 6:0 hisobida g`alaba qozongan O`zbekiston muddatidan avval chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritgandi. Jamoa bugun qanday natija qayd etishidan qat`iy nazar chorak finalda ishtirok etadi.

Biroq ayni damda O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi bergan xabarga ko`ra, o`zbekistonlik Otabek Jo`raqo`ziev Eron darvozasini ishg`ol qilib ulgurdi.

 Hozircha hisob 1:0.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1