1

Tez orada Telegram'ning pullik versiyasi ishga tushadi

Hi-tech 12.06.2022, 13:48
Tez orada Telegram'ning pullik versiyasi ishga tushadi

Iyundan boshlab tarmoq foydalanuvchilari uchun messenjerning yangi pullik versiyasi — “Telegram Premium” taqdim etiladi. Yangi funksiya katta hajmdagi mediafayllardan faydalanuvchilar uchun mo`ljallangan. Bu haqda servis asoschisi Pavel Durov ma`lum qildi. 


“Telegramning bepul bo`lgan barcha funksiyalari foydalanuvchilar uchun saqlanib qoladi. Bundan tashqari, yangi bepul variantlar paydo bo`ladi”, — deyiladi tadbirkorning rasmiy telegram kanalida.


Endilikda foydalanuvchilar katta hajmdagi mediafayllar, hujjatlar, premium reaksiyalar va stikerlar bilan ishlashi mumkin bo`ladi.


Shuningdek, Pavel Durov bir qator internet foydalanuvchilari limitlarni oshirishni so`rashayotganini ta`kidlagan.

“Bu erda muammo shundaki, agar biz cheklovlarni hamma uchun olib tashlasak, serverimiz va trafik xarajatlari boshqarib bo`lmaydigan bo`lib qoladi. Shuning uchun “Telegram Premium” obunasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu qo`shimcha funksiyalar tezlik va resurslarga ega bo`lish imkonini beradi. Unga obuna bo`lmagan foydalanuvchilar ham tarifning ba`zi afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Masalan, ular juda katta hajmdagi hujjatlarni, Premium foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan multimediya va stikerlarni qabul qilishadi”, - deya ta`kidladi Durov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1