1

Mirziyoev AQSh generali bilan uchrashdi

Siyosat 13.06.2022, 21:13
Mirziyoev AQSh generali bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 13 iyun kuni Amerika Qo`shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Mirziyoev matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirish masalalarini ko`rib chiqishgan.

Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga, shu jumladan, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga ko`maklashish borasidagi tashabbus va dasturlarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratilgani aytiladi. 

Eslatib o`tamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoev huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda Prezident tovar eksportida o`sish sur`ati juda past ekanini tanqid qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1