AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreyada ishlash uchun imtihon topshirayotganlarni ogohlantirmoqda

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Koreyada ishlash uchun imtihon topshirayotganlarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

Shu kunlarda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida EPS-Topik test imtihonlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, test imtihonlarini adolatli o`tkazish uchun Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan hamkorlikda barcha texnik va tashkiliy choralar ko`rilgan.

Xususan, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan test o`tkazish uchun maxsus planshetlar keltirilgan bo`lib, ushbu planshetdagi test savollari ishtirokchi qiyofasi avtomatik tarzda aniqlangandan keyin ochilishi (Face ID) tizimi ham joriy etilgan.  

Shunga qaramay, bugungi kunga qadar boshqa fuqaro o`rniga testga kirish va testda qo`shimcha vositalardan foydalanishga urinish bilan bog`liq 23 ta holat aniqlangan.

"Ta`kidlash joiz, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`ladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, fuqarolarni imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz", - deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar