Moskva birjasi rasmiy sayti ma`lum qilishicha, 27 iyun kuni birjaning valyuta bozorida o`zbek so`midagi savdolar boshlanadi, deya xabar bermoqda Zamon internet nashri.
Bu bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslar savdo imkoniyatlarini kengaytiradi. Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlariga ham sohada qulayliklar yaratadi.
Treyderlar va ularning mijozlari o`zbek so`mi – Rossiya rubli (UZS/RUB) juftligi uchun spot va svop vositalaridan foydalanishlari mumkin.
Moskva birjasida yangi valyutalar qatorida arman drami va Janubiy Afrika rendi ham paydo bo`ladi.






