AsosiyDunyo

Mayami aeroportiga qo`ngan samolyot yonib ketdi

'Mayami aeroportiga qo`ngan samolyot yonib ketdi'ning rasmi

Dominikanning Red Air aviakompaniyasining samolyoti Mayami xalqaro aeroportiga (AQShning Florida shtati) qo`nganidan so`ng yonib ketdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, samolyot seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 atrofida qo`ndi. Qo`ngandan so`ng oldingi shassi ishlamay qolgan, samolyot yonib ketgan, biroq yong`in tezda o`chirilgan. Samolyot bortida 126 kishi bo`lgan. Aeroport vakilining CNN telekanaliga aytishicha, uch kishi engil tan jarohati olgan va shifoxonaga etkazilgan. Qolgan yo`lovchilar avtobusda terminalga etkazilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar