Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to`xtatishga chaqirdi

Dunyo 24.06.2022, 15:24
Teglar: Rossiya, sanksiya
Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to`xtatishga chaqirdi

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni to`xtatish kerak. Bu haqda Vengriya bosh vazirining siyosiy masalalar bo`yicha maslahatchisi Balaj Orban ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri

“Oxir-oqibatda ushbu nizoda Evropa iqtisodiy muammolar tufayli mag`lub  tomonga aylanadi. Biz sanksiyalar joriy etish jarayonini to`xtatishni taklif qilamiz. Hozirda qanchalik ko`p cheklov joriy etsak, shunchalik og`ir ahvolga tushayotganimizni ko`rish mumkin. shuning uchun muzokaralar, o`t ochishni to`xtatish va tinch diplomatiya vaqti keldi. Bizning qarorimiz shundan iborat”, – degan u “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga siyosatchi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazmagani hamda Ukrainadagi nizoni to`xtatmaganiga e`tibor qaratgan.

Sharhlar

Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
Daniyalik siyosatchi Rossiyadagi elchixona oldida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi

30.01.2023, 12:54

Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...
Rossiya va O`zbekiston bilan gaz ittifoqi qurish masalasi muhokama qilinmadi — Qozog`iston Energetika vazirligi

13.12.2022, 11:03

Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...
Rossiya Bosh vaziri O`zbekistonga keldi

02.12.2022, 09:10

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...