1

Buxoroda 7 gektar erni noqonuniy ravishda 120 000 AQSh dollariga sotayotganlar yo`lga olindi

Jamiyat 25.06.2022, 13:07
Buxoroda 7 gektar erni noqonuniy ravishda 120 000 AQSh dollariga sotayotganlar yo`lga olindi

Buxoro shahrida 7 gektar er maydonining noqonuniy sotilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan prokuratura va IIB xodimlari bilan hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib,  unga ukasi nomidagi “G.A.” MChJga qarashli 7 gektar ekin er maydonini firibgarlik yo`li bilan 120 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1