Avval xabar qilganimizdek, bugun, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi Farmonni imzoladi. Unga ko`ra, bir guruh jurnalistlar turli nomdagi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan, "Darakchi.uz" bosh muharriri Farida Egamberdieva "Shuhrat" medaliga munosaib ko`rildi.
Bugun, Toshkentdagi "Hyatt" mehmonxonasida bo`lib o`tgan bayram tadbirida mukofotlar o`z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Farida Egamberdieva ham davlat mukoftini Prezident nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spekiri Nurdinjon Ismoilov qo`lidan qabul qilib oldi.

Ma`lumot uchun, "Darakchi.uz" sayti bosh muharriri Farida Egamberdieva bundan avval “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti xalqaro tanlovi g`olibi, "Atirgul" tanlovi g`olibi, "Mustaqilliqning 30 yilligi" ko`krak nishoni sohibi bo`lgan. O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a`zosi.







