Kinematografiya agentligi poytaxtdagi universitetga filmlar yaratish uchun mablag` ajratadi

Madaniyat 01.07.2022, 16:15
Kinematografiya agentligi poytaxtdagi universitetga filmlar yaratish uchun mablag` ajratadi

Kinematografiya  agentligi Madaniyat va san`at institutiga, yoshlar haqida filmlar yaratish uchun 1 milliard so`m ajratadi. Mablag`lar universitet talabalari tomonidan yoshlarga oid qisqa metrajli filmlar yaratishga sarflash uchun mo`ljallangan.

Bugun Kinochilar uyida bo`lib o`tgan “Parining tuhfasi” filmi namoyishi chog`ida, bu haqidagi memorandum imzolandi.

Loyiha doirasida, Yangi O`zbekistonga bag`ishlangan 3 ta ertak-film va 6 ta film suratga olinadi.

“Barcha filmlar “Debyut” tanlovi loyihasida birlashtiriladi. Yil oxiriga kelib,  talabalar o`z ishlarini taqdim etishlari kerak bo`ladi,” — dedi O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

“Iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularni ijodiy loyihalarga keng jalb etish, davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo`nalishi va O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ko`rsatmasidir,” deya ta`kidladi u.

“Kuni kecha barchamiz O`zbekiston Prezidenti ishtirokidagi katta tadbir – Yoshlar kunini nishonlash marosimida ishtirok etdik. Respublikamiz rahbarining tashabbusi bilan, yoshlar uchun qanday ulkan loyihalar amalga oshirilayotganini ko`rib turibmiz. Bu tadbir esa, yosh iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlarining bir qismidir”, – deya e`tirof etdi Firdavs Abduxoliqov.

O`zbekiston Madaniyat va san`at instituti rektori Ibrohim Yo`ldoshev Kinematografiya agentligiga, talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

– Universitetimizda bir vaqtning o`zida, ham bo`lajak rejissyorlar va ssenariynavislar, ham operatorlar va aktyorlar tahsil olmoqda. Shuning uchun, ularga birgalikda ishlash- qulay.  Bizning hisob-kitoblarimizga ko`ra, loyihada institutning 300-500 nafar talabasi qatnashadi. Ular uchun esa, bu nafaqat o`zini ijodiy jihatdan yuzaga chiqarish, balki pul ishlash uchun ham ajoyib imkoniyatdir”, — dedi Ibrohim Yo`ldoshev memorandumni imzolash marosimida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1