1

Prezident xalqqa murojaat qildi

Jamiyat 02.07.2022, 21:34
Prezident xalqqa murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvda xalqimizga murojaat qildi:

"Aziz vatandoshlar!

Hurmatli Qoraqalpog`iston xalqi!

Ma`lumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha umumxalq muhokamasi davom etmoqda.

Albatta, konstitusiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uchun g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan masaladir.

Muhokamalarda ko`pmillatli xalqimiz o`zining ko`plab taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi e`lon qilingan Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan o`tkaziladi. Shundan so`ng fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida  Qonunchilik palatasi tomonidan takomiliga etkaziladi.

Keyin esa mazkur loyiha O`zbekiston Respublikasi referendumiga qo`yilib, fuqarolarimiz erkin ovoz berish orqali o`zlarining bu masala bo`yicha xohish-irodasini ifoda etadi.

Shundan keyingina O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga kiritilayotgan o`zgartish va qo`shimchalar qonuniy tusga kiradi", dedi davlat rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1