Prezident Nukusda bo`lib o`tgan namoyishlar haqida gapirdi

Jamiyat 02.07.2022, 21:42
Prezident Nukusda bo`lib o`tgan namoyishlar haqida gapirdi

Qoraqalpog`istondagi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoev kuni kecha Nukusda bo`lib o`tgan namoyishlar haqida gapirdi.

"Bir so`z bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitusiyamizni takomiliga etkazish uchun qancha vaqt va muddat kerak bo`lsa, bu jarayon shuncha davom etadi. Bu borada faqat xalqimiz bilan bamaslahat ish olib boramiz.

Lekin, ayrim joylarda ushbu masalaning mohiyatini talqin qilishda tushunmovchilik holatlari uchramoqda.

Jumladan, loyihada ko`zda tutilgan, Qoraqalpog`iston Respublikasiga oid ayrim normalarga bir guruh shaxslar tomonidan norozilik bildirilgan. Buning natijasida joriy yil 1 iyul kuni Nukus shahrining markaziy ko`chalarida namoyishlar uyushtirilgan.

Ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini noqonuniy egallashga urinish harakatlari sodir etilgan.

Shu munosabat bilan quyidagi fikrlarni alohida ta`kidlashni zarur, deb hisoblayman.

Xalqimiz hukmiga havola etilgan mazkur Konstitusiyaviy qonun loyihasi hali qabul qilinmagan, umumxalq muhokamasiga qo`yilgan, xolos.

Yana bir bor ta`kidlayman: fuqarolarimizning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o`zgaradi va takomiliga etkaziladi", dedi davlat rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1