Qoraqalpog`istondagi tartibsizliklar vaqtida og`ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda ayni paytda AOKAda Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida qonuniylikni ta`minlash bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar xususidagi brifingda ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar shaxsga, jumladan, 38 huquq-tartibot organlari xodimlariga turli tan jarohatlari etkazilgan, og`ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.