Avval xabar berilganidek, AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida "O`zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi borasida olib borilayotgan islohotlar" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Unda ma`lum qilinishicha, joriy yilning 5 oyida jismoniy shaxslarning xorijdan pul o`tkazmalari 4,19 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 61 foizga ko`p hisoblanadi.
2022 yil yanvar-iyun oylari Rossiyadan 241,3 ming nafar mehnat migrantlari vatanga qaytib kelgan bo`lib, mazkur ko`rsatkich pandemiyadan oldingi davrga nisbatan katta farq qilmaydi. Xususan, 2018 yilning dastlabki 6 oyida 219,1 ming, 2019 yilda 274,4 ming nafar mehnat migranti Rossiyadan O`zbekistonga qaytib kelgan.
Matbuot anjumanida xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta`minlash bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
Ta`kidlanishicha, hozirda O`zbekiston Respublikasi hududida ishsiz shuningdek, xorijda ishlab qaytib kelgan fuqarolarni bo`sh hamda yangi ish o`rinlarida bandligini ta`minlashdan tashqari, ularga 10 dan ortiq turdagi moliyaviy yordam va xizmatlardan foydalnish yo`lga qo`yilgan.
Bunda, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatini boshlashga rag`batlantirishga alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, ularning quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish amaliyoti yo`lga qo`yilgan: