1

2022 yilning I choragida Davlat byudjeti daromadlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln. so`mga ko`paydi

Iqtisodiyot 08.07.2022, 12:40
2022 yilning I choragida Davlat byudjeti daromadlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln. so`mga ko`paydi

Senatning 8-yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2021 yil yakunlari bo`yicha ijrosi va 2022 yil birinchi choragidagi ijrosi to`g`risidagi hisobotlari muhokama qilindi.

Hisobot yuzasidan moliya vaziri Timur Ishmetov ma`ruza qildi.

Ma`lum qilinishicha, Respublikada amalga oshirilgan samarali fiskal va monetar siyosat natijasida iqtisodiyotimizni o`sish suratlari 2021 yilda 7,4 foizni tashkil etdi. 2022 yilning I choragida yalpi ichki mahsulot hajmini 5,8 foizga o`sishi ta`minlangan.  

Davlat byudjeti daromadlari hajmi 2021 yilda oldingi yilga nisbatan deyarli 32 trln so`mga o`sgan. Joriy yilning birinchi choragida ham ijobiy o`sish suratlari saqlanib qolingan.  

2022 yilning I choragida Davlat byudjeti daromadlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln so`mga ko`paygan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1