1

BMT Bosh Assambleyasi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning navbatdagi muhim tashabbusini qo`llab-quvvatladi.

Siyosat 12.07.2022, 11:48
BMT Bosh Assambleyasi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning navbatdagi muhim tashabbusini qo`llab-quvvatladi.

Tashkilotga a`zo barcha davlatlar O`zbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni mustahkamlash to`g`risidagi maxsus rezolyusiyani bir ovozdan ma`qulladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu rezolyusiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqotining umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yo`nalishlarini mustahkamlab qo`yish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil iyul oyida o`tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi.

Shuningdek, hujjatda Prezidentimizning 2022 yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida "O`zaro bog`liqlikni mustahkamlash yili" deb e`lon qilish taklifi yuqori baholangan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1