"Tolibon" Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi

Siyosat 12.07.2022, 20:15
"Tolibon" Afg`oniston bo`yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etadi

«Tolibon» harakati delegasiyasi 25−26 iyul kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Moskvada bo`lib o`tgan davra suhbatida ma`lum qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi avvalroq 11−12 iyul kunlari vazir v. b. boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Rossiyada bo`lib, parlament, TIV va Rossiyaning boshqa idoralarida uchrashuv va muzokaralar o`tkazishi haqida xabar bergan edi.

Vladimir Norovning ta`kidlashicha, «Tolibon»ning konferensiyadagi ishtiroki «biz ularni tan olamiz, degani emas».

«Biz ushbu konferensiya orqali hozirgi hukumatga etkazmoqchimizki… Bu ularning Toshkent uchrashuvi doirasida qabul qilingan va u erda imzolangan xalqaro majburiyatlarini bajarishga qaratilgan», — dedi vazir v. b.

«Bizning pozisiyalarimiz — Rossiyaniki ham, O`zbekistonniki ham, qo`shni davlatlarniki ham bir xil: „Tolibon“ harakati o`z majburiyatlarini bajarishi, mamlakatdagi barcha siyosiy, etnik va diniy guruhlarni qamrab oluvchi inklyuziv hukumat yaratishi kerak», — deya qo`shimcha qildi u.

25−26 iyul kunlari Toshkentda Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegasiyalari ishtirok etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1