AsosiyJamiyat

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi - Kusherbaev

'Tergov organini alohida qilish vaqti keldi - Kusherbaev'ning rasmi

Deputat Rasul Kusherbaev o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida konstitusiyaga o`zining navbatdagi taklifini bildirdi. Unda quyidagi fikrlar ilgari surilgan: 

Bu haqida ko`p yillardan beri takliflar aytiladi. Biroq shu kunga qadar uni amalga oshirishning fundamental asosi yaratilmadi. Kamiga idoraviy manfaat yuzasidan bunga qarshilar ham ko`p.

Biroq afsuski prokuraturada bir vaqtning o`zida tergov funksiyasi ham mavjudligi sababli prokuratura hamon fuqarolar manfaatini himoya qiluvchi oqlovchi organ, deb bo`lmaydi. Idora nufuzi va manfaati, «pogon hurmati» kabi inson omili bilan bog`liq "qarichlar" uning oqlovchi sifatida odil sudlovni amalga oshirishiga halaqit beradi.

Shuningdek, joylarda odil sudlovni amalga oshirishda muhim bo`g`in – ichki  ishlar tergovchilarining bir vaqtning o`zida xududiy IIB boshlig`iga bo`ysunishi ham mantiqsizlik. Chunki har doim ham IIB boshlig`i tergovdan chiqqan, tergov sir sinoatlaridan xabardor shaxs bo`lmasligi mumkin.

Umuman aytganda odil sudlovni amalga oshirishda tergovning har qanday ta`sirlardan holi, xolis organ bo`lishi uchun barcha davlat organlari, shu jumladan, Ichki ishlar, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmatining tergov funksiyalarini o`zida jamlagan alohida tergov organini tashkil etish zarur.

Ushbu masala Konstitusiyada alohida aks ettirilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Bu demokratik prinsiplarga mos, inson huquqlari yuksak darajadagi odil sudlovni amalga oshirishga ko`mak bergan bo`lardi.

    Boshqa yangiliklar