Pokistonda to`yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo`lgan qayiq cho`kib ketdi, deya xorij OAVga asoslanib yozmoqda "Zamon.uz"
Ma`lum qilinishicha, kamida 20 kishi halok bo`lgan. Ular ayollar va bolalardir. Yana 20 ga yaqini bedarak yo`qolgan. 65 nafar yo`lovchi qutqarib olindi. Ular orasida kuyov ham bor. Hozir qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.
Hodisa sharqiy Panjob provinsiyasida Hind daryosi bo`yida sodir bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, qayiqda yuzga yaqin yo`lovchilarning hammasi qarindoshlar bo`lgan. Halikatga kemaning haddan tashqari yuklangani sabab bo`lgan. Bortda kuyov ham bor edi. Pokistonda bunday baxsiz hodisalar ko`p uchraydi. Odamlar va yuklar ko`pincha mahalliy daryolar va ko`llar bo`ylab eskirgan yog`och qayiqlarda tashiladi.