AsosiyIqtisodiyot

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

'Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi'ning rasmi

Markaziy banki Boshqaruvining yig`ilishida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash to`g`risida qaror qabul qildi.

Ma`lum qilinishicha, Inflyasion kutilmalarning shakllangan trendlari hamda kelgusi oylarda narxlar va makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning kutilayotgan dinamikalaridan kelib chiqib boshqaruv yig`ilishida asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilandi.

Qayd etilishicha, May-iyul oylarida qisqa muddatli tashqi shoklar ta`sirini pasayishi hisobiga makroiqtisodiy holatning nisbatan barqarorlashishi hamda tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish bo`yicha kutilmalarning ortda qolishi 2022 yil yakunida inflyasiya darajasining 12-14 foizlik prognoz koridorining medianisidan pastroq, ya`ni quyi chegarasiga yaqin shakllanish ehtimollarini oshirmoqda.

Bu o`z navbatida, inflyasiyaning aprel oyidagi prognoz darajasidan qisqa muddatli omillar ta`siri va kutilmalar bo`yicha qo`shilgan yuklamani olib tashlash va shunga mos ravishda, pul-kredit sharoitlarini ham o`zgartirish imkonini beradi.

Global inflyasion jarayonlarning davom etayotganligini inobatga olib, narxlarga monetar omillar ta`sirini minimal darajada saqlab qolish, milliy valyutadagi aktivlarning nisbiy ustunligini ta`minlab borish maqsadida yil so`ngigacha “nisbatan qat`iy” pul-kredit sharoitlari saqlab qolinadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar