AsosiyDunyo

Apple milliardinchi iPhone’ni sotdi

Apple ijrochi direktori Tim Kuk korporasiya hisob bo`yicha milliardinchi iPhone sotganini ma`lum qildi. Kuk bu haqda Kupertinoda (AQSh, Kaliforniya shtati) kompaniya xodimlari bilan uchrashuv paytida e`lon qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

“Biz navbatdagi bosqichni bosib o`tdik”, — deydi Kuk. U Apple hech qachon hammadan ko`p daromad olishni maqsad qilmaganini aytdi. “Biz dunyoni o`zgartiradigan mahsulot ishlab chiqarishga urunganmiz”, deb aytdi Kuk. Har kuni kompaniyaga mehnati singayotgan korporasiya xodimlariga Tim Kuk minatdorchilik bildirdi.

iPhone savdosi so`nggi vaqtlarda bozordagi raqobat sababli tushib borayotgandi. Ammo ushbu gadjet Kukning fikricha, eng omadli mahsulot bo`lib, butun dunyo bozoriga tarix nuqtai nazaridan ham ta`sir ko`rsatdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar