AsosiyShou-biznes
10622

Nargiza Solmonova san`at sohasida dilini ranjitayotgan holatlar haqida aytdi

Aktrisa Nargiza Solmonova san`at sohasida dilini ranjitayotgan holatlar haqida gapirdi.

“Hordiq plyus” gazetasiga bergan intervyusida aktrisa quyidagi fikrlarni bayon qildi: 

“Ilgarilari asossiz tarqalgan mish-mishlardan jahlim chiqardi. Bora-bora bunga ahamiyat bermaydigan bo`ldim. Oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim muxlislarimga javob yozolmagan vaqtimda “Bir-ikki filmda rol o`ynab, mashhur bo`lib qoldingizmi? Kimsiz o`zi?” degan savollar kelgandi. Bundan judayam ko`nglim og`ridi. Bu kabi xabarlardan keyin ularga anchayin e`tiborli bo`ldim. Har bir muxlisning xabariga imkon qadar javob yozishga harakat qilaman. Ayni kunlarda esa s`yomkalar bilan bandman va bunga hech ham vaqt ajrata olmayapman. Bugun hamma virtual hayotga o`ralashib qolgan. Internetsiz o`zini bir kun ham tasavvur qilolmaydigan insonlar juda ko`p. Afsuski, virtual dunyoga g`arq bo`lib, ota-onasini haftada bir marta yo`qlolmayotganlar uchramoqda. Ularga “Telefonni o`chirib, atrofga nazar tashlasangiz, olamning go`zalliklarini shu kichkina matohga almashtirayotganingizdan afsuslangan bo`lardingiz” degan bo`lardim.

Boshqa yangiliklar