AOKAda o`tkazilgan brifingda “O`zto`qimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo`chqorova yagona maktab formasi ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori doirasida “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan respublika umumiy o`rta ta`lim maktablarida tahsil olayotgan jami 6,6 million nafar o`quvchi uchun yagona maktab formasi ishlab chiqarishni tashkil etish vazifasi berilgan. 20-iyul holatiga ko`ra, to`qimachilik korxonalari tomonidan 1,5 million komplektdan ortiq maktab formalari tayyorlanib, sotuvga chiqarilgan.
O`quvchilarni sifatli va zamon talabiga mos maktab formalari bilan ta`minlash uchun respublika bo`ylab 560 ta mahalliy korxona ro`yxati shakllantirilgan.
O`rganish natijalariga ko`ra, maktab formasini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida 26 million kvadrat metr gazlama mato ishlatiladi.






