AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yagona maktab formasi 2025 yildan majburiy bo`ladi, ro`molni orqa tomondan o`rashga ruxsat beriladi — Xalq ta`limi vaziri

'O`zbekistonda yagona maktab formasi 2025 yildan majburiy bo`ladi, ro`molni orqa tomondan o`rashga ruxsat beriladi — Xalq ta`limi vaziri'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov 2022-2023 o`quv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi yuzasidan ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 2022 yil sentyabr oyidan yangi o`quv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab  qo`yilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan o`quvchilarga nisbatan hech qanday e`tirozlar bildirilmaydi.

Milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, o`quvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy ro`molni boshning orqa tomonidan o`ragan holda kelishlari ma`n etilmaydi.

Shuningdek, o`quvchi-qizlarning yubka va kofta englarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan o`lchamdan kalta bo`lishi mumkin emas.

Mahalliy hokimliklar tomonidan kam ta`minlangan oilalarga mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`lari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga ko`mak beriladi.

Maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish bo`yicha maktab ma`muriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yo`l qo`yilmaydi.

Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar