1

Shavkat Mirziyoev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi

Siyosat 28.07.2022, 12:28
Shavkat Mirziyoev Xitoy TIV rahbarini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.

Uchrashuv O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag`ishlandi.

Xususan, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, ShHTning bo`lajak sammiti kun tartibi ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1