AsosiySiyosat

Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "O`zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun poytaxtimizda bo`lib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho`g`li boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Turkiya delegasiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilo`g`lu ham ishtirok etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar