Sevimli

" Kompetensiyasiga qarab, bilim va ko`nikma etmaganlarni o`qitamiz, tajriba etishmasa o`rgatamiz” – Prezident.

Siyosat 04.08.2022, 17:12
" Kompetensiyasiga qarab, bilim va ko`nikma etmaganlarni o`qitamiz, tajriba etishmasa o`rgatamiz” – Prezident.

Tuman yoki shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervi tuzilishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

  •  unga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari orasidan tanlab olinadi;

 

  • ular uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;

 

  • ushbu yoshlar kamida bir oy vazirlik va hokimliklarda ish o`rganib, malaka oshiradi;

 

  • xorijiy mutaxassislar bilan birga, ularning shaxsiy fazilatlari, psixologik holati tahlil qilinib, rahbarlik ko`nikmalari shakllantiriladi.

 

“Ya`ni, kompetensiyasiga qarab, bilim va ko`nikma etmaganlarni o`qitamiz, tajriba etishmasa o`rgatamiz”, dedi Prezident.  

 

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar Salohiyatli kadrlar rezervi uchun hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari orasidan 1 ming nafar nomzodni tanlab, takliflar kiritish topshirildi.  

“Kuni kecha yarim yil yakuni bo`yicha yaxshi natija ko`rsatgan 65 nafar hokim yordamchisi va 40 nafar yoshlar etakchilarini Salohiyatli kadrlar rezerviga o`zim tanlab oldim”, dedi Prezident.

Uch oy muddatda “100 ta ilg`or etakchilar” dasturini boshlash vazifasi qo`yildi. Dastur doirasida davlat xizmatchilari, faol tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan har ikki yilda 100 nafar salohiyatli yosh kadrlar tanlab olinadi.  

Ular uchun alohida o`quv dasturlari ishlab chiqilib, xorijda stajirovka o`tash tizimi joriy etiladi. O`qitish yakuni bilan ushbu kadrlar davlat tizimidagi nufuzli lavozimlarga nomzod bo`ladi.

Bunday dastur Birlashgan Arab Amirliklarida ijobiy natijalarini ko`rsatgani ta`kidlandi.

 

Sharhlar