AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi yangi jahon urushini boshlash uchun bahona bo`lishi mumkin. Bu haqda Financial Times xabar bergan.
“Geostrategik ofatlar kamdan-kam hollarda havodan sodir bo`ladi: Birinchi jahon urushiga qarang. Nensi Pelosining Tayvanga kelishiga, Xitoy va AQSh o`rtasida yillar davomida kuchayib borayotgan keskinlikdan keyin shu nuqtai nazardan qarash kerak. Bu tarixdagi fojiali burilish nuqtalaridan biri bo`ladimi yoki yo`qmi, buni ko`rish kerak, ammo bu, albatta, tavakkaldir”, deb yozadi Financial Times.
Avvalroq Xitoy Pelosining Tayvanga tashrifi XXRning “hududiy yaxlitligi”ni buzayotganini, chunki mamlakat rasmiylari orolni o`zlarining tarixiy hududi deb bilishini aytgan edi. Kreml amerikalik siyosatchining tashrifini “sof provokasiya” deb atadi. Pelosi orolni tark etgach, Xitoy armiyasi Tayvan atrofida keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlarni boshladi. G`arb matbuoti Xitoy Tayvan bo`g`ozida harbiy amaliyotlar o`tkazishga tayyor, deb hisoblaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Tayvanni himoya qilish uchun qo`shin yuborishga tayyorligini aytgan edi.